26 Yanvar 2023 yil 414

Toshloq tumanida xonadonida “marixuana saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Toshloq tumani. 2023-yilning 16-yanvar kuni, tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Soʻkchilik mahalla hududida yashovchi A.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yertoʻlasida ‘‘koʻknori somoni” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech