17 Sentyabr 2022 yil 371

Toshloq tumanida xonadonga oʻgʻirlikka tushgan shaxs fosh boʻldi

Toshloq tumani. Navoiy koʻchasida yashovchi R.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 17-may kuni soat 08:00 dan 16:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasida boʻlgan narxi 200 AQSH dollarli “Samsung” rusumli televizorini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech