11 Avgust 2022 yil 388

Toshloq tumanida “xonadondan “Artel” rusumli televizorni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Toshloq tumani. Yuqoriqishloq mahalla hududida yashovchi fuqaro S.O IIBga murojaat qilib, unda 15-aprel kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon bolalar yotoqxonasidan narxi 1.500.000 soʻmlik “Artel” rusumli televizorini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni P.Gʻ sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech