Toshloq tumanida talonchilar qoʻlga olindi
Toshloq tumani. Joriy yilning 21-yanvar kuni soat 15:00 larda D.M. va voyaga yetmagan Q.M.lar bir guruh boʻlib, “Спарк” rusumli avtomashinada Z.S boshqaruvida boʻlgan “Матиз” rusumli avtomashinani Zarkent MFY hududida toʻxtatib, uni urib, hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, narxi 500.000 soʻmlik “ТЕCНО” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan D.M. va voyaga yetmagan Q.M.larga Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, D.M.ga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati