23 Iyun 2023 yil 553

Toshloq tumanida voyaga yetmagan shaxslar avtomashina salonidan telefon apparatini oʻgʻirladi

Toshloq tumani. Jarqishloq mahalla hududida yashovchi fuqaro M.Oʻ IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 29-may kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan “Nexia” rusumli avtomashinasi salonidan narxi 1.200.000 soʻmlik “Huawei-5" rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan F.I va X.I.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech