18 Fevral 2023 yil 531

Toshloq tumanida telefon apparati va pullarni oʻgʻirlagan ayol aniqlandi

Toshloq tumani. K.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yil 17 dekabr kuni nomaʼlum shaxs ish joyi Shodlik mahalla hududida koʻp tarmokli markaziy poliklinikasini kiyim almashtirish xonasida qarovsiz qolgan narxi 1.000.000 soʻmlik “Samsung J-2” rusumli telefonini va gʻilofida boʻlgan 200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringannini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni U.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech