22 Mart 2023 yil 381

Toshloq tumanida talonchilik sodir qilgan erkak va ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Toshloq tumani. 2023 yilning 17 mart kuni Toshxovuz mahalla hududida yashovchi S.Sh o'zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, jinoiy sherigi M.M ismli ayol bilan guruh bo'lib, Shodlik mahalla hududida joylashgan umumiy ovqatlanish oshxonasi oldida X.Sh ismli qizni hayoti yoki sog'ligiga xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib, sumkasida bo'lgan 242.000 so'm pullarini ochiqdan-ochiq talonchilik yo'li bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o'tadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech