Toshloq tumanida sovun ishlab chiqarish uskunasini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshloq tumani. Joriy yilning 27-mart kuni fuqaro A.F IIBga murojaat qilib, unda 2019-yilning noyabr oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan sovun ishlab chiqarish uskunasini 12.000.000 soʻm evaziga sotib olishga kelishib, pullarni bir oy muddatda berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan sovun ishlab chiqarish uskunasini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati