8 Aprel 2023 yil 5536

Toshloq tumanida sodir etilgan ogʼir turdagi jinoyat viloyat IIB boshligʼi, polkovnik Muhiddin Joʼraev ishtirokida muhokama qilindi

Toshloq tumanidagi Farogʼat mahallasida oʼtkazilgan jinoyat muhokamasida sodir etilgan qotillik jinoyatining sabab va oqibatlari chuqur tahlil qilindi.

Maʼlum boʼlishicha, 2022 yilning 25 iyun Katta Fargʼona kanalining Qoʼshtepa tumanidan oqib oʼtgan qismidan yoshi taxminan 30-40 larda boʼlgan shaxsi nomaʼlum erkak kishining murdasi topilgan.

Tezkor qidiruv-surushitiruv tadbirlarida aniqlanishicha, Qoʼshtepa tumani Yangiariq MFYda yashovchi M.А ismli fuqaro bir yildan ortiq muddat davomida yashash xonadoniga kelmaganligi toʼgʼrisida tezkor maʼlumot olingan.

Maʼlum boʼlishicha, M.А 2022 yilning aprelь oyida Toshloq tumanidagi Farogʼat mahallasida yashovchi, oʼzi bilan yollanma ishlarda birga ishlab yuradigan aka-uka Gʼ.А hamda А.Gʼ ismli shaxslarlarining xonadonida ular bilan birga spirtlik ichimlik isteʼmol qilgan.

Keyin oʼrtada janjal kelib chiqadi. Janjalda aka-ukalardan biri taxta boʼlagi bilan M.Аning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazadi. Jabrlanuvchi esa hodisa joyida vafot etadi. Gumonlanuvchilar jinoyat izini yashirish maqsadida marhumning oyoq-qoʼlini bogʼlab, katta Fargʼona kanaliga tashlab yuboradilar.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Muhokamada ushbu jinoyatning yuzaga kelish sabablariga toʼxtalgan boshqarma boshligʼi, gumonlanuvchi va jabrlanuvchilar yashagan mahalladagi faollar, xususan, beshlik aʼzolari, jamoatchilik vakillarining loqaydligini qattiq tanqid qildi.

Jabrlanuvchi turli joylarga yashab, ishlab yurgan boʼlsa-da, mahalla faollari uni ishga joylab, oilaviy muammosini bartaraf qilishmagan.

Profilaktik nazorat ham samarali tashkil etilmagan.

Muhokama jarayonida oqsoqollar, mahalla faollari va masʼullarning fikrlari ham eshitildi.

Kelgusida bunday koʼngilsiz hodisalarning oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Fuqarolar ogohlikka chaqirildi.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech