6 Yanvar 2023 yil 432

Toshloq tumanida sinf xonasidan telefon apparatini oʻgʻirlagan voyaga yetmagan qizga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshloq tumani. A.Z IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 13-dekabr kuni noma’lum shaxs Yangiyul mahalla hududida joylashgan umumta’lim maktabining sinf xonasida qarovsiz qoldirilgan narxi 1.600.000 soʻmlik “Редми 6” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni 2005-y.t. U.M ismli qiz sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech