Qoʻshni respublikadagi oliy ta’lim muassasida tahsil olayotgan oʻgʻlini oʻqishini koʻchirtirmoqchi boʻlgan ayol firibgarga aldandi
Toshloq tumani. 16-oktabr kuni M.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yil sentabr oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib uni oʻgʻlini qoʻshni respublikasining Oliy ta’lim muassasalarini birida oʻqishidan xabar topib unga oʻgʻlini oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasiga koʻchirib berishini aytib, undan jami 550 AQSH dollarini olib, bergan va’dasi bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati