Toshloq tumanida qimorxona tashkil qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
23-noyabr kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Furqat MFY hududida yashovchi E.A Toshloq MFY hududida joylashgan kinoteatri binosining 1-qavatida fuqarolarga qonunga xilof ravishda tavakkalchilikka asoslangan lotto oʻynashlari uchun sharoit yaratib, qimorxona tashkil etganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Q.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati