31 Yanvar 2023 yil 443

Toshloq tumanida qimor oʻyini tashkil qilgan shaxs qoʻlga tushdi

Toshloq tumani. 2023 yil 19 yanvar kuni Toshloq tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Oʻzbekiston mahalla hududida yashovchi H.Gʻ oʻzini yashash xonadonida tanishlariga qimor oʻynashlari uchun sharoit yaratib, qimorxona tashkil qilganligi aniqlangan va ulardan 1.415.000 sum pullar va oʻyin kartalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan H.Gʻ.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech