16 Noyabr 2022 yil 410

Toshloq tumanida “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi

Toshloq tumani.2022-yilning 14-oktabr kuni Toshloq tuman IIB HPB va JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Quyi-Yakkatut mahallasi hududida yashovchi M.O yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadoni yotoqxonasida boʻlgan erkaklar sportivkasi choʻntagidan qogʻoz boʻlagiga oʻralgan “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech