6 Fevral 2023 yil 646

Toshloq tumanida “marixuana” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Toshloq tumani. 2023 yilning 27 yanvar kuni tuman IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Katta-koʻcha mahalla hududida yashovchi X.E.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon omborxonasida “Marixuana” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech