19 Oktyabr 2021 yil 521

Toshloq tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Toshloq tumani.11-oktabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Qumariq MFY hududida yashovchi E.Sh.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida qoʻzdan kechirilganda, xonadoning tom qismida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida
olingan.

Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini koʻp miqdorda saqlash) bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech