26 Oktyabr 2022 yil 417

Toshloq tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Toshloq tumani.2022-yil 11-oktabr kuni tuman IIB JQB, JXX profilaktika xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, R.A.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda egnidagi trikosining choʻntagidan “Gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech