Toshloq tumanida makkajoʻxori mahsulotlarini pullari berilmadi
Toshloq tumani. 02-avgust kuni Zarkent MFY hududida yashovchi fuqaro J.Sh. IIBga murojaat qilib, unda iyun oyi boshlarida noma’lum shaxs yashash uyida boʻlgan makkajoʻxori mahsulotlarini sotishidan xabar topib, undan jami 265 kg makkajoʻxori mahsulotlarini 1.060.000 soʻmga kelishib sotib olib, pullarini oʻng kun muddat ichida berishini aytib olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan makkajoʻxori mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Gʻ.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati