7 Sentyabr 2021 yil 458

Toshloq tumanida “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Toshloq tumani. 26-avgust kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yuqoriqishloq MFY hududida yashovchi J.U.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 21 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech