10 Yanvar 2023 yil 461

Toshloq tumanida ijtimoiy tarmoqda fuqaroning e’lon berganidan foydalanib, pullarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshloq tumani. Fuqaro A.D IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 30-sentabr kuni noma’lum shaxs telegramm kanali orqali lift ustasi kerakligi uchun elon berilganidan foydalanib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi maxfiy kodi va parolini qoʻlga kiritib, kartasi hisobida boʻlgan jami 10.000.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.A sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech