Toshloq tumanida fuqarolarga xo'roz urishtirib, qimor o'ynashlari uchun sharoit yaratib bergan shaxs qo'lga tushdi
Toshloq tumani. 2023 yilning 02 mart kuni 1978 y.t. Xonariq mahalla hududida yashovchi U.I yashash xonadonida tanishlari va boshqalarga xo'roz o'yinini o'ynashlari uchun sharoit yaratib, qimorxona tashkil etganligi aniqlanib, 1.490.000 so'm pullar va 2 dona xo'rozlar daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan U.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etish hamda o'tkazish)da ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs etti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati