Toshloq tumanida fuqaroga sement mahsuloti olib berishni va’da qilib, aldab 7.000 AQSH dollar pullarni qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshloq tumani. 2021-yilning 02-dekabr kuni D.O IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 27-avgust kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sement mahsuloti olib berishini aytib, 7.000 AQSH dollar pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.T sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati