20 Oktyabr 2021 yil 433

Toshloq tumanida fuqaroga bankdan olgan kreditini toʻlab qoʻyishni aytib aldab pullarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshloq tumani. 15-oktabr kuni fuqaro IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning mart oyida noma’lum shaxs bankdan olgan kredit toʻlovini toʻlab qoʻyishini aytib, 9.700.000 soʻm pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech