6 Oktyabr 2022 yil
588
Toshloq tumanida baxmal mahsulotlarni sotib olib pullarini bermay aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshloq tumani.2019-yilning iyul oyida Z.A tanishi Q.R.dan pulini bir oyda berishini aytib jami 111.117 AQSH dollarlik 35.294 metr baxmal mahsulotlarini olib, baxmal mahsulotlarini boshqa shaxslarga sotib yuborib firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati