Toshloq tumanida 2.200.000 soʻmlik “Смарт” rusumli televizorini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Toshloq tumani. Guzarboshi mahalla hududida yashovchi K.O IIBga murojaat qilib, unda 28-aprel kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida boʻlgan narxi 2.200.000 soʻmlik “Smart” rusumli televizorini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni fuqaro P.Gʻ sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan “qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati