9 Noyabr 2021 yil 378

Toshloq tumanida 16 bosh chorva mollarni aldab qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Toshloq tumani. 02-noyabr kuni Q.S IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning sentabr oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan 16 bosh qoramollarini 20.300 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, pullarini 1 oy muddat ichida berishni aytib, chorva mollarini olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan mollarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech