Toshloq tumanida 15 tup “kannabis” oʻsimliklarini yetishtirgan shaxs qoʻlga tushdi
Toshloq tumani.2022-yilning 25-iyun kuni tuman IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Xotinqumi mahalla hududida yashovchi R.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 15 tup “kannabis” giyohvanlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati