3 Oktyabr 2022 yil 352

Toshloq tumanida 14 bosh qoʻylar va telefon apparatini sotib olib, aldab pullarini bermagan shaxs javobgarlikka tortildi

Toshloq tumani.2022-fevral oyining boshlarida P.J tanishi O.A.ni ishonchiga kirib pulini bir haftada berishi aytib, 14 bosh qoʻylarini 2.100 AQSH dollari hamda telefon apparatini 2.500.000 soʻmga sotib olib, 14 bosh qoʻylarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻzini shaxsiy oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech