12 Oktyabr 2021 yil 1800

Toshloq tumani Ichki ishlar boʻlimida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi

Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan yosh xodimlarning sohaga yoʻnaltirish, kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlash, vataniga va halqiga sadoqat ruhida, oʻz burchiga fidoyilik bilan yondosha oladigan chinakam vatan oʻgʻlonlari sifatida tarbiyalash kabi ezgu maqsadlarni oʻzida mujassamlashtirgan tadbirga sohaning bir guruh tajribali faxriylari taklif etildilar.

Shuningdek, anjumanda IIB rahbariyati, sohaviy rahbarlari, yosh xodimlar hamda ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, soʻz olganlar xodimlarga ichki ishlar organlarining bugungi kundagi nufuzi, tizimni rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, moddiy va ma’naviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan amaliy sayi-harakatlardan samarali foydalanishlari va qadrlashlari borasida gapirib, oʻzlarining mashaqqatli xizmatida duch kelgan qiyinchiliklari va tajribalarini misol tariqasida keltirdilar.

Ota-onalar farzandlarini vatanga xizmat qilishlarida hamisha koʻmakdosh boʻlib, xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishlarida rahbariyat bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Mazkur tadbrlarlarning oʻtkazilishi yosh xodimlar qalbida oʻz burchiga mas’uliyat bilan yondoshishi, vataniga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qiladigan ichki ishlar organlarining chinakam oʻgʻlonlari shakllanishiga xizmat qiladi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech