Toshloq tuman ichki ishlar boʻlimida viloyat IIB Faxriylar kengashi a’zolari va yosh xodimlar ishtirokida uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi
Ichki ishlar vazirining 2023-yilning 11-aprel kungi 100-sonli farmoyishiga asosan ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!" shiori ostida "Ma’naviyat oyligi"ni oʻtkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Toshloq tumani ichki ishlar boʻlimida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik Arabboy Usmonov, tuman IIB boshligʻininig ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, mayor Moʻydinjon Dehqonov hamda tuman IIB faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi kapitan Xalimjon Raxmonovlar ishtirok etib, mavzuga oid fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
Tadbirda soʻz olganlar soha xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma’naviy qiyofasini yuksaltirish, ular qalbida vatanparvarlik, gʻurur-iftixor, kasbga sadoqat va yuqori mas’uliyat hislatlari mustahkamlash, korrupsiya va salbiy illatlarga yoʻl qoʻymaslik borasida maslahat va tavsiyalar berishdi.
Tajribali faxriylarning hayotiy tajribalari va aytgan oʻgitlari yosh xodimlarning bilimini yana mustahkamlashda muhim omil boʻldi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.