23 Avgust 2021 yil 552

Toshloq tumanida oʻgʻirlikni kasb qilgan shaxs fosh boʻldi

Toshloq tumani. 18-iyul kuni Axshak MFY hududida yashovchi Yu.B IIBga murojaat qilib, unda 17-iyul kunidan 18-iyul kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib oshxonasida boʻlgan narhi 2.300.000 soʻmlik “Ройсон” nomli televizori, 650.000 soʻmlik “Ми-4Х” rusumli uyali telefon apparati va 60.000 soʻmlik elektr choynagi jami 3.010.000 soʻmlik buyumlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.F sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech