Toshloq tumanida plastik kartadan pul oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Toshloq tumani.M.M IIBga murojaat qilib, unda 16-may kuni noma’lum shaxs unga tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga ruxsatsiz kirib, jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik kartasi hisobida boʻlgan 3.400.000 soʻm pulini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni H.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati