10 Avgust 2021 yil 528

Toshloq tumanida “Kobalt” avtomashinasini sotib olib, pullarini qaytarib berishini va’da qilib aldagan shaxs javobgarlikka tortildi

Toshloq tumani. 04-avgust kuni fuqaro Q.Sh IIBga murojaat qilib, unda 2019-yilning mart oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “Kobalt” rusumli avtomashinasini 10.600 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, pullarni olti oy muddat ichida olib kelib berishini aytib, avtomashinani olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech