Toshloq tumanida qimor oʻyini tashkil qilgan shaxs qoʻlga tushdi
Toshloq tumani. 19 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbiri davomida, Piyozchilik mahalla hududida yashovchi Gʻ.A qonunga xilof ravishda yashash xonadonida tanishlari V.Sh., O.F., Q.B., U.X va Q.O.larga tavakkalchilikka asosanlangan qimor oʻynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan 2.034.000 soʻm pullar va oʻyin kartalari daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Gʻ.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati