Tomorqasida 100 tup koʻknori parvarishlayotgan shaxs fosh etildi
Oʻzbekiston tumani. 16-aprel kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Oʻrta qishloq MFYda yashovchi X.I. ning tomorqasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, 4 kv.m yer maydonida jami 100 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimligi parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tekshirib koʻrishlik uchun ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati