5 May 2023 yil 376

Tomorqasida koʻknori giyohvandlik moddalarini parvarishlab kelayotgan ayol aniqlandi

Bagʻdod tumani. 2023-yil 25-aprel kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbiri davomida, Doʻrmoncha mahalla hududida yashovchi K.B ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 17 tup koʻknori oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniklanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech