Toshloq tumanida "Alohida toifadagi yoshlar bilan yakka tartibda profilaktik ishlarni amalga oshirish" to‘g‘risidagi Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining 68-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan tizimli ishlar tashkillandi
Ushbu tadbir davomida, muqaddam sudlangan, IIB profilaktik hisobida
turuvchi, ruhiy kasal, noqonuniy nikoh asosida yashovchi, ajrim yoqasidagi yosh
oilalar, ota-onasi uzoq muddatga ketgan yoshlar, o‘gay ota va o‘gay ona qaramog‘ida
qolgan yoshlar, oila-turmush doirasida janjalkash yoshlar, ota-onasi ruhiy kasal
oila va shu oilada tarbiyalanayotgan o‘n to‘rt yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan
yoshlarning ro‘yxatlari shakllantirilib, mahalla va xonadonbay kesimida shu toifadagi
yoshlarning mavjud muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha alohida
ishchi guruh tashkil etilgan.
Tadbir davomida, yoshlar toifasiga kiruvchi xotin-qizlarning
ham muammolari tizimli ravishda o‘rganilib borilmoqda.Ushbu yoshlar toifasidagi
shaxslar tomonidan Oila turmush doirasida sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish
maqsadida noqonuniy nikoh asosida yashovchilar, himoya orderi berilganlar, fuqarolik
va ma’muriy sudlarda nizolashayotgan yosh oilalarni jamoatchilik bilan hamkorlikda
doimiy nazoratga olish ishlari amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati