30 May 2022 yil 396

Tilla taqinchoq va pul oʻgʻirlagan shaxs fosh etildi

Qoʻqon shahri. V.M ismli Fuqaro IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs yashash xonadoniga kalit tanlash yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi javondan narxi 34 000 000 soʻmlik tilla taqinchoqlar, 1 500 AQSH dollari va 16 000 000 soʻm pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joydan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Qoʻqon shahrida yashovchi K.A. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, gumonlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzida ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech