20 Aprel 2022 yil 401

Tilla taqinchoq oʻgʻirlagan shaxslar fosh etildi

Qoʻqon shahri. 6-yanvar fuqaro A.N IIBga murojaat qilib, shu kuni noma’lum shaxs A.Navoiy mavzesidagi yashash xonadoniga kalit tanlash yoʻli bilan, gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidan narxi 3.000.000 soʻmlik tilla taqinchoqlarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanini ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Turkiston koʻchasida yashovchi M.O hamda Furqat koʻchasida yashovchi K.A.lar sodir etganligi aniqlanib, ularga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech