Farg‘ona tumani hududida tezkor va kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda
Farg‘ona tumani hududida tezkor va kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash
hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik
tadbirlar o‘tkazish maqsadida tuman IIBda tadbirga jalb qilingan shaxsiy tarkib
va sohaviy xizmat xodimlariga rahbariyat tomonidan xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Tadbir davomida profilaktika inspektorlari tomonidan
84 nafar toifadagi shaxslar ya’ni muqaddam sudlangan, profilaktik hisobda va probatsiya
hisobida turgan, giyohvandlik va spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar, g‘ayriijtimoiy
xulq-atvorga ega yoshlar, ov quroliga ega bo‘lgan shaxslar, va sha’riy nikohda yashovchi
oilalar bilan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha bir qator profilaktik
tadbirlar amalga oshirildi.
Tadbir davomida profilaktika inspektorlari tuman hududida
firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber usuldagi jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha savdo
ob’ektlari, fuqarolar gavjum to‘planadigan joylar, avtoshohbekatlarda bukletlar
tarqatib targ‘ibot ishlari olib borishib, videokuzatuv kameralarini o‘rnatish yuzasidan
tushuntirishlar olib borishdi.
Kunlik amalga oshirilgan ishlar davomida 3 nafar yonida
o‘tkir tig‘li jismlarni ochiq holda olib yurgan fuqarolarga MJtKning 185 prim
2-modda 1-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rishlik uchun
JIB tuman sudiga yuborildi hamda 85 nafar fuqaroga sodir etgan huquqbuzarligi uchun
MJtKning tegishli moddalari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.