26 Fevral 2022 yil 1029

Tezkor xabar

Internet ijtimoiy tarmoqlarida Oʻzbekiston Respublikasi IIV dala oʻquv formasini kiygan holda nooʻrin xatti-harakatlar qilgan fuqaroning videotasviri tarqaldi

Ushbu holat yuzasidan SHXBB Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Oltiariq tumani IIB mas'ul xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida ushbu videotasvirdagi shaxs Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi A.A ekanligi aniqlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning  2091-moddasi (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlarni tegishliligi boʻyicha sud organiga yuborish chorasi koʻrilmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech