Bag‘dod tumani hududida tezkor-profilaktik tadbirlar davomida amalga oshirilgan ishlar
Tuman Qirqvolida MFY hududida o‘tkazilgan maxsus-profilaktik tadbirga IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari, jamoatchilik vakillari, mutasaddi tashkilotlar xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari qatnashdi.
Qiqvolida MFYda mavjud 27 ta obyektlar to‘liq tekshirildi, shundan tekshirilgan obyektlarning 2 tasi korxona-tashkilotlar hamda 15 tasi boshqa obyektlarni tashkil etdi. Shuningdek, 10 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari o‘rganildi:
Tungi tadbiri davomida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 25 nafar shaxslar bilan tekzor-profilaktik ishlovlar o‘tkazdi.
Tadbir davomida 1 nafar spirtli ichimlikka ruju quygan shaxslar, 1 nafar ruhiy kasallikka chalingan shaxslar o‘rganildi. Mast holda yurgan bir nafar fuqaro hushyorxonaga joylashtirildi.
Bag‘dod tumani O‘zbekiston MFY tungi reyd tadbiriga YPX, PPX va Milliy gvardiya xodimlar tomonidan nazorat reydlar o‘tkazilib, 30 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi, qoidabuzarlik sodir qilgan fuqarolarga nisbatan 12 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati