11 Mart 2023 yil 205

Tergovdan yashiringan 2 nafar shaxs qo'lga tushdi

Farg'ona viloyati IIB PPX va JTSB 1-Mintaqaviy hudud 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (o'g'irlik) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruv eʻlon qilingan T.Sh.ni qo'lga olishdi.

Shuningdek, Qo'qon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruv eʻlon qilingan D.J.ni qo'lga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʻlumotga ega bo'lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo'limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʻminlanadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech