Tergovdan yashiringan erkak va ayol qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati IIB JQB Giyoxvandlikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan I.B.ni qoʻlga olishdi.
Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismida (qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan E.D.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati