Tergov sohasi faxriylariga ehtirom koʻrsatildi
25-oktabr – Ichki ishlar organliri xodimlari kuni munosabati bilan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergov sohasida uzoq yil ishlab, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar xolidan xabar olindi.
Jumladan, Fargʻona shaharda istiqomat qiluvchi iste’fodagi polkovnik Alibek Yoqubov, podpolkovnik Alisher Irisov, Oltiariq tumanida yashovchi iste’fodagi podpolkovniklar Qahramon Mamajonov hamda Sultonali Toshpoʻlatov, Rishton tumanida yashovchi iste’fodagi podpolkovnik Nurmat Husanov, Bagʻdod tumanida yashovchi iste’fodagi polkovnik Rahmonjon Alixonov, Buvayda tumanida yashovchi iste’fodagi podpolkovnik Rahmatillo Joʻrayevlarning holidan xabar olinib, ularga Vazirlik va boshqarma rahbariyatining samimiy tilaklari yetkazildi. Shuningdek, qimmatbaho bayram sovgʻalar ham topshirildi.
Mazkur xayrli ishlar davom ettirilgan holda tergov sohasida uzoq yillar mehnat qilib, nafaqaga chiqib, hozirda vafot etgan, mayor Abdruahim Erashev va Abduvahob Dadaboyevning oila a’zolaridan ham xabar olinib, oʻtganlarning porloq ruhi yod etildi.
Bu kabi ehtirom tadbirlar davom etmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.