12 Aprel 2022 yil 479

Temir darvoza oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahri.Fuqaro A.S ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 29-mart kunidan 30-mart kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Sanoat koʻchasida joylashagan raqamsiz uyini kirish qismiga oʻrnatilgan narxi 2.000.000 soʻmlik temir darvozasini oʻgʻirlab, ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech