31 Avgust 2022 yil 399

Telefon apparatidan vaqtincha foydalanishini bahona qilib aldab qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʻona shahar.A.F IIBga murojaat qilib. unda 2022-yilning 04-iyul kuni noma’lum shaxs narxi 8.500.000 soʻmlik “Ayfon pro-12” rusumli telefon apparatini vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berishini aytib olib ketib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Gʻ.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech