17 Avgust 2022 yil 369

Tanishini tunagan shaxs fosh boʻldi

Fargʻona shahar. Fuqaro X.X IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 28-iyul kuni noma’lum shaxs P.Mahmud koʻchasida joylashgan oshxonada umumiy ovqatlanish xonasidagi stol ustida qarovsiz qoldirilgan narhi 1.500.000 soʻmlik “ИНОИ” rusumli uyali telefon apparati hamda egnida shimining choʻntagidan 200 AQSH dollar pullarini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻona shahar IIO FMB 3-son IIB JQG xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruvlar natijasida, jabrlanuvchi X.X.ning 200 AQSH dollar pullari boʻlmaganligi, uning oldida faqatgina “IНОИ” rusumli telefon apparati boʻlganligi va ushbu telefon apparatini P.Mahmud koʻchasida joylashgan oshxonada birgalikda spirtlik ichimlik istemol qilgan tanishi S.Sh X.X.ning mast holda uxlab qolganligidan foydalanib olib ketganligi aniqlanib, jabrlanuvchi X.X.ga tegishli “IНОИ” rusumli telefon apparati daliliy ashyo sifatida olingan.

Gumonlanuvchi S.Sh protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech