5 Noyabr 2022 yil
378
Tanishiga arzon narxda konteyner olib beraman deb 18.500 AQSH dollar pullarini qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi
Fargʻona shahar. 2022-yilning iyul oylarida M.A tanishi J.J.ni ishonchiga kirib unga arzon narxda konteyner olib kelib berishini aytib, jami 18.500 AQSH dollarini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati