Talonchilik va boshqa jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib, qidiruvda boʻlgan shaxslar qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati IIB Qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida, Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismida (talonchilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv eʼlon qilingan S.A.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB “Odam savdosiga qarshi kurash” hamda Uchkoʻprik tumani IIB JQB xodimlari tomonidan qidiruv tadbirlari davomida, Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismida (talonchilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan A.A.ni qoʻlga olishdi.
Bundan tashqari, Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan qidiruv tadbirlari davomida, Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan A.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi
taʼminlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati